Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning namanganlik saylovchilar bilan uchrashuvida Pop tumanidagi Chodak va Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Nanay qishloqlarida ekoturizm klasteri tashkil etilishi ma’lum qilindi.

–Chodakda yiliga 250 ming nafar turistlarga xizmat ko‘rsatadigan infratuzilma yaratiladi. Shuningdek, Yangiqo‘rg‘on tumanida loyiha qiymati 30 million dollar bo‘lgan “Nanay – Zarkent – Poromon” turistik zonasi tashkil etiladi. Chustdagi G‘ova va Kosonsoydagi Olmazor qishloqlari “turizm qishloqlari”ga aylantiriladi. Natijada, 2 ming nafardan ortiq aholi ish bilan ta’minlanadi,– dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

 O‘zA