O‘zbekiston “Milliy tiklanish”demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Alisher Qodirov Surxondaryo viloyatida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

Termiz shahrida bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvda nomzodning ishonchli vakili Oliy Majlis Senati azosi Baxtigul Bo‘tayeva A.Qodirovning tarjimoi holi bilan tanishtirdi.

Tadbirda  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga nomzod ishtirokchilarni saylovoldi dasturi bilan tanishtirmoqda.

 

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA