O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Milliy tiklanish demokratik partiyasidan nomzod Alisher Qodirovning Toshkent viloyatilik saylovchilar bilan uchrashuvi qizg‘in savol-javoblar, munozaralarga boy bo‘lmoqda.

Unda mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf qilish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

— O‘zbekiston o‘zgarish yo‘liga kirdi, — dedi A.Qodirov. — Ham iqtisodiy, ham ma’naviy va ijtimoiy islohotlarga boy tarzda aholi farovonligini oshirish bizning kelgusi maqsadimizdir. Barcha sohalarda, ayniqsa, iqtisodiyotda davlat aralashuvi kamaymas ekan, maqsadlarimizga erishishimiz qiyinlashib boraveradi.

Xususan, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha islohotlar mamlakatimiz uchun juda muhim. Shuni e’tiborga olib,  sohada jahon tajribasini tatbiq etish, marketing va eksportni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish kerak. Bizda fermerlar bu ishlarni qilgisi keladi. Biroq hammada ham bunga imkon yo‘q. Fermer xo‘jaliklariga erkinlik bersak ular bemalol rivojlanadi.

 

A. Musayev, O‘zA