Qarshi shahridagi “O‘zbekneftgaz” AJ binosi majlislar zalida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisova saylovchilar bilan uchrashdi.

Uchrashuv Qashqadaryo viloyatining barcha tuman va shaharlari saylovchilari bilan videokonferens aloqa tarzida tashkil etildi.

Uchrashuvni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Ulug‘bek Inoyatov olib bordi.

Xalq demokratik partiyasining Qashqadaryo viloyati kengashi raisi, nomzodning ishonchli vakili Olim Ravshanov saylovchilarga nomzod Maqsuda Vorisovaning tarjimai holi, mehnat faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi.

Yuzma-yuz muloqotda Maqsuda Vorisova saylovchilarni o‘z saylovoldi dasturining ustuvor yo‘nalishlari bilan tanishtirdi.

 

O‘lmas Barotov,  Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA