Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Milliy tiklanish demokratik partiyasidan nomzod Alisher Qodirovning saylovoldi dasturini Toshkent viloyatilik saylovchilar diqqat bilan tinglamoqda.

Unda mamlakatimizdagi ta’lim tizimi, xususan, yoshlarning bilim olishi, o‘qituvchilar faoliyatini yanada rivojlantirish va ularga qulaylik yaratish borasida  so‘z boradi.

— Ta’limda pedagogik qobiliyati bo‘lmagan shaxslar ishlashi mumkin emas,  —  dedi Alisher Qodirov. — San’at oliygohlarida iqtidor necha bor imtihondan o‘tkaziladi, tekshiriladi. Pedagoglarchi? Holbuki, pedagoglarda kasbiy iqtidor juda muhim.

O‘qituvchi og‘ir mehnati har tomonlama qadr topayotganini his qilib ishlasin. Buning uchun avvalo zarur sharoitlarni yaratishimiz kerak. O‘qituvchi darsini berib bo‘ldimi, xohlasa kutubxonaga, xohlasa uyiga ketsin. Qayer uning uchun qulay bo‘lsa, o‘sha yerda oilasi, ishi, o‘quvchilari haqida o‘ylasin. O‘tgan darslari uchun hisobot to‘ldirish haqida emas.

Tadbir davom etmoqda.

 

O‘zA