Toshkent viloyati Nurafshon shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Milliy tiklanish demokratik partiyasidan nomzod Alisher Qodirov saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

“Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot!” shiori ostida o‘tayotgan uchrashuvda partiya vakillari, deputatlar, mahalla faollari, partiyaga xayrixoh yoshlar ishtirok etayotir.

Dastlab Prezidentlikka nomzod A. Qodirovning Toshkent viloyatidagi ishonchli vakili Munira Qoriyeva nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

Shundan so‘ng Prezidentlikka nomzod  saylovchilarni o‘z saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi.

— Barchamiz bir kemadamiz. Maqsadimiz bir,  — dedi Alisher Qodirov. — O‘zbekistonni qudratli davlatga aylantirib, xalqimiz farovonligini oshirishdir. Buning uchun esa avvalo o‘zimiz o‘zgarishimiz, islohotlarni o‘zimizdan boshlashimiz lozim.

Saylovchilar bilan uchrashuv davom etmoqda.

 

A.Musayev,O‘zA