Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga safari chog‘ida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi.

Qur’on oyatlari o‘qilib, duo qilindi.

Davlatimiz rahbariga majmuada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida ma’lumot berildi.

Shuning bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Samarqandga tashrifi yakunlandi.