“Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzod Alisher Qodirovning ishonchli vakili Feruza Muhamedjanova ishtirokida “Ishga marhamat” Monomarkazida nomzod dasturi targ‘iboti yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

– Yoshlar tarbiya va ta’limini mustahkamlash, ularni ma’naviyatli va ma’rifatli qilib voyaga yetkazishga barcha zamonlarda eng asosiy vazifa sifatida qaralib kelingan. Bu masalalar “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining ham eng ustuvor vazifalari hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, nomzodimizning dasturida ham tarbiya va ta’limga, ya’ni hayot-mamot masalasiga katta ustuvorlik berilgan, – dedi F. Muhamedjanova.

Uchrashuvda Alisher Qodirovning dasturi mazmun-mohiyati, uning muhim yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar savollariga javob qaytarildi.