Bo‘zatov tumanida O‘zLiDePdan O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning qoraqalpog‘istonlik saylovchilar bilan uchrashuvi davom etmoqda.

–Beshinchi yo‘nalish – ta’lim sifatini oshirish orqali, Qoraqalpog‘istonda “inson kapitali”ni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratamiz.

Respublika aholisining 55 foizini yoshlar tashkil etadi.

Ana shu farzandlarimizning ta’lim-tarbiyasi, ularni eng zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘qitish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun, zarur sharoitlar yaratiladi.

Bu orqali, kelgusi besh yilda maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 71 foizdan 87 foizga yetkaziladi.

Buning uchun, yangi 40 ta davlat va xususiy, 525 ta oilaviy bog‘chalar tashkil etiladi,  73 ta davlat bog‘chasi rekonstruksiya qilinadi va yana 40 ming nafar bolajonlarga bog‘chaga borish imkoniyati yaratiladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.