Xalqaro kongress markazida o‘tayotgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi X s’ezdida partiyadan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 64-moddasiga muvofiq, O‘zLiDePdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga 1957 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Toshkent shahrida yashovchi Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzod etib ko‘rsatildi.
Delegatlar bir ovozdan nomzodni tasdiqladi.
O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Hayitov nomzodga saylov jarayonlarida omad tiladi.
O‘zA