Shavkat Mirziyoyev Yangi O‘zbekiston strategiyasi bo‘yicha ma’ruzasini yakunlar ekan, barcha yurtdoshlarimizga murojaat qildi:

– Vatanimizning bugungi va ertangi taqdiri, farzandlarimizning kelajagi sizlarning saylovdagi ongli ishtirokingizga, fuqarolik pozitsiyangizga bog‘liq.

Ishonaman, bu saylov sizlarning faol ishtirokingiz bilan bugun biz intilayotgan Yangi O‘zbekiston, Uchinchi Renessans sari tashlangan yana bir ulkan amaliy qadam bo‘ladi.

Hech qachon unutmang, saylash va tanlash huquqi – sizning qo‘lingizda. Kelajak uchun mas’uliyat esa – barchamizning zimmamizda.

Ana shunday buyuk hissiyot, ishonch-e’tiqod bilan harakat qilsak, bizdan xalqimiz ham, kelajak avlodlar ham albatta rozi bo‘ladi.

Yangi O‘zbekistonimiz har tomonlama taraqqiy topgan, gullab-yashnagan go‘zal mamlakatga aylanadi.

Prezident nutqidan so‘ng partiya delegatlari so‘zga chiqmoqda.