Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida “Yangi O‘zbekiston bog‘i” namunasi asosida, kamida 50 gektar maydonda “yashil bog‘lar” barpo etiladi.

Bundan tashqari, shaharlar va tuman markazlarida har 50-100 ming aholi uchun, “yashil parklar” tashkil etiladi.

Shu bilan birga, daraxt kesishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi. Bundan buyon, parklar va “yashil zonalar” hududini boshqa maqsadlar uchun ishlatish qat’iyan man etiladi.

 

O‘zA