Davlatimiz rahbari og‘ir ekologik sharoitga qaramasdan, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks rivojlantirish masalasiga ham to‘xtaldi.

– Qoraqalpog‘iston Respublikasini, uning barcha shahar, tuman va ovullarini kompleks tarzda rivojlantirish, mehnatkash va matonatli, oqko‘ngil va bag‘rikeng qoraqalpoq elining hayotini obod va farovon etishga har qachongidan ham ustuvor ahamiyat qaratamiz.

Bizning oliy va ezgu maqsadimiz – birgalikdagi fidokorona mehnatimiz bilan Yangi O‘zbekiston tarkibida Yangi Qoraqalpog‘istonni bunyod etishdir, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

O‘zA