O‘zbekistonda energiya resurslari bozori erkinlashtirilib, sohaga xususiy investitsiyalar keng jalb qilinadi.

Natijada 2026 yilga borib, elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi yiliga qo‘shimcha 30 milliard kilovatt soatga oshiriladi va jami 100 milliard kilovatt soatga yetkaziladi.

Kelgusi yilda tabiiy gaz bo‘yicha ham erkin bozor tamoyillarini joriy etish ishlari boshlanadi. Elektr energiyasi va tabiiy gaz bozorlarini erkinlashtirish bilan birga, ehtiyojmand aholini himoya qilish uchun, ijtimoiy iste’mol normalari kiritiladi.

Shu bilan birga, bank tizimini transformatsiya qilish orqali, xususiy banklarning ulushi, jami bank aktivlarining 60 foiziga yetkaziladi.

Umuman, 2026 yilga borib, xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 67 foizdan 80 foizga, eksport hajmida esa, 32 foizdan 60 foizga o‘sishi ta’minlanadi.

 

O‘zA