Avval xabar berganimizdek, “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida davlatimiz mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri davom etmoqda.

Tantanali bayram tadbirida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev xalqimizga bayram tabrigida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

– Biz qishloq xo‘jaligida narxlar shakllanishiga davlat аралашув́ини bekor qildik, paxta va g‘alla yetishtirishda davlat buyurtmasi tugatildi.

122 ta paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyati yo‘lga qo‘yilib, yuqori hosil olishga erishildi. Qishloq xo‘jaligini moliyalash tizimi qayta ko‘rib chiqilmoqda.

Biz hududlarni tarmoqlar bilan birga kompleks rivojlantirish bo‘yicha yangi tizimni joriy etdik.

Buning natijasida hududlarning moliyaviy imkoniyatlari kengayib, 2021 yilning o‘zida mahalliy dasturlar uchun qo‘shimcha

3 trillion so‘m mablag‘ shakllantirish imkoniyati paydo bo‘ldi, – dedi davlatimiz rahbari.

Tantanali bayram tadbiri davom etmoqda.

O‘zA