Ko‘ksaroy qarorgohida bir guruh yurtdoshlarimizga faxriy unvonlar, orden va medallarni topshirish marosimi davom etmoqda.
–Juda ko‘p konsert va tadbirlarda boshlovchilar meni “O‘zbekiston xalq artisti” deb e’lon qilishar edi. Juda ham qiynalib ketuvdim ularni to‘g‘rilayverib, chunki buning javobgarligi bor. Sizga mingdan-ming rahmat, Shavkat Miromonovich, meni shu tashvishdan qutqazdingiz. Boshlovchilar, endi bemalol bor ovozlaringda “O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti” deb e’lon qilaveringlar, deya lutf qildi Jenisbek Piyazov.
O‘zA