Ko‘ksaroy qarorgohida bir guruh yurtdoshlarimizga faxriy unvonlar, orden va medallarni topshirish marosimi davom etmoqda.

–Bunday tarixiy damlarda har bir xalq o‘z istiqlolini sarhisob qiladi. O‘tgan 30 yilda mustaqil davlatimiz qurildi, rivojlandi, jahon hamjamiyatida o‘zimizning o‘rnimizni, yo‘limizni topdik. Muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich bilan birga qilgan harakatlarimizdan maqsad bitta – xalqimiz manfaati. bugungi kunda hamma soha va tarmoqlardagi intilishlarimiz, har bir mahallaga, qishloqqa, oilaga kirib borishimiz o‘z natijasini berayapti, odamlar rozi bo‘layapti, – dedi davlatimiz rahbari.

 

O‘zA