Xabar berganimizdek, Ko‘ksaroy qarorgohida bir guruh yurtdoshlarimizga faxriy unvonlar, orden va medallarni topshirish marosimi davom etmoqda.

–Noyob ovozi, betakror ijro mahorati, o‘zbek ayoliga xos go‘zal fazilatlari bilan dunyoni maftun etib kelayotgan sevimli san’atkorimiz Munojotxonda o‘zbek ayoli timsoli mujassam. Har birimiz unda o‘z onamiz, opamizni ko‘rmamiz. “San’atkorlarga qahramonlik bersak bo‘larmikin, o‘ylab ko‘riish kerak” deganlar ham bo‘ldi.

Ko‘pchilik e’tiroflarni eshitib, guvoh bo‘layapmizki, biz to‘g‘ri qaror qildik. Munojot Yo‘lchiyevaga ham yuksak mukofot muborak bo‘lsin,–dedi davlatimiz rahbari.

 

O‘zA