– Ekologiya sohasida ilm va innovatsiyalarni rivojlantirish zarur. Atrof-muhit muhofazasi va aholi salomatligi uchun mas’ul bo‘lgan sohada mutaxassislarning yetishmasligi muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘layapti, – dedi Prezident.

Buning uchun Ekologiya qo‘mitasi huzuridagi ilmiy-tadqiqot instituti tayanch ilmiy muassasa sifatida va davlat buyurtmalari bo‘yicha asosiy ijrochi etib belgilanadi. Institutda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha ilmiy darajalarni beruvchi Ilmiy kengash tashkil etiladi, doktoranturaga kvotalar 2 baravar oshiriladi.

 

O‘zA