bugungi videoselektor yig‘ilishida qayd etilishicha, har bir shahar va tuman markazida kamida 2 tadan yashil maydon va jamoat parklari tashkil etiladi.

Misol uchun, Qarshi shahridagi 28 gektar maydonga ega Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ining 11 gektari attraksionlardan tozalanib, sokin hududga aylantirilgan. Ushbu hududda kitobxonlik, she’riyat burchaklari, 2 kilometr piyoda va veloyo‘laklar tashkil etilgan.

Lekin mamlakatimizdagi 300 ga yaqin istirohat bog‘lari turli vazirlik va idoralarga qarashli bo‘lib, ularning aksariyati qarovsiz.

Misol uchun, Andijon shahrida Madaniyat vazirligi va Yoshlar ittifoqiga qarashli 3 ta istirohat bog‘i ta’mirtalab ahvolda. Shu bois, barcha istirohat bog‘laridagi mavjud daraxtlar to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, ular rivojlantiriladi. Yil yakuniga qadar ushbu istirohat bog‘larida aholi uchun sokin hududlar tashkil etiladi.

Bunda mazkur bog‘larning kamida 60-70 foizi yashil hudud bo‘lishi kerak va ushbu hududlarda bino-inshootlar qurilishiga ruxsat berilmaydi.

Shuningdek, Toshkent shahrining har bir tumanida 1 tadan sayilgoh

(jami – 12 ta), yashil maydon va alleyalar (jami – 25 kilometr), ko‘p qavatli uylar joylashgan mahallalarning har birida yashil maydonlar tashkil etiladi.

Shu bilan birga, poytaxtimizda 60 kilometr kanal bo‘ylari, 250 kilometr piyodalar yo‘laklari atrofiga manzarali daraxtlar ekiladi.

Prezident Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxo‘jayev, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi N.Bakirov, innovatsion rivojlanish vaziri I.Abdurahmonovga ikki hafta muddatda ilmiy asoslangan holda poytaxtning qaysi ko‘chasida qanday daraxt va ekinlarni joylashtirish bo‘yicha taqdimot qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

Ushbu tizim barcha viloyatlarda joriy etiladi.

 

O‘zA