Prezident tadbirkorlar bilan ochiq muloqot davomida 20 avgustni har yili yurtimizda keng nishonlashni taklif qildi.

Ushbu tashabbus ishtirokchilar tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlandi.

– Sizlar ko‘targan dolzarb masalalar, ularni hal qilish bo‘yicha berilgan aniq takliflardan ko‘rinib turibdiki, tadbirkorlarimizning saviyasi va bilim darajasi keskin o‘sgan, dunyoqarashi o‘zgargan, ish uslubi va innovatsion yondashuvlari  bugun mutlaqo boshqacha. Men bundan juda ham mamnun bo‘ldim. bugungi tajribamizdan kelib chiqib, ushbu uchrashuvni har yili tashkil etsak, buni yaxshi bir an’anaga aylantirsak. bugungi sana ya’ni, 20 avgustni  mamlakatimizda “Tadbirkorlar kuni” deb e’lon qilib, uni har yili keng nishonlasak,– dedi Prezident.

Endi har yili aynan shu kuni Prezidentning biznes vakillari bilan ochiq muloqoti o‘tkaziladi. Bir yillik ishlar natijalari sarhisob qilinib, eng ilg‘or biznes vakillari aynan shu kuni davlat mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

 

O‘zA