– Yangi ish o‘rinlarini qisqa muddatlarda yaratadigan sohalardan biri servis sohasi hisoblanadi, – dedi davlatimiz rahbari. – Pandemiya davom etayapti va bu xizmatlar sohasi, ayniqsa, umumiy ovqatlanish va turizm korxonalari uchun qanchalik og‘ir bo‘layotganini barchamiz ko‘rib turibmiz.

Bu borada umumiy ovqatlanish va turizm korxonalaridan o‘tgan yili berilgan imtiyozlarni uzaytirish bo‘yicha 300 dan ortiq murojaat kelib tushgan. Shu bois jami 13 mingta umumiy ovqatlanish korxonasini yil yakuniga qadar yer va mulk solig‘idan ozod qilinishi aytildi.

Bu imkoniyat ularga 30 milliard so‘m qo‘shimcha ko‘mak deganidir. Ularning boshqa soliqlardan mavjud 35 milliard so‘m qarzlari muddatlari joriy yil yakunigacha uzaytiriladi, kreditlarni qaytarish ham kechiktiriladi.

–Shu bilan birga turizm kompaniyalari va mehmonxonalarni turistik yig‘imlardan ikki yil muddatga ozod qilsak nima deysizlar? Bu hozirgi qiyin sharoitda tushumi kamayib ketgan 2 ming nafar tadbirkor ixtiyorida 150 milliard so‘m qolishiga imkon yaratadi, –dedi Prezident.

Muloqot davom etmoqda.

 

O‘zA