Ma’lumki, bugungi kunda ota-onalar farzandini oliygohda o‘qitish uchun 22-28 foiz stavkada ta’lim kreditini 3 yil muddatga olmoqda.

Lekin bu hammaga, ayniqsa, uzoq va chekka joylarda yashaydigan oilalarga og‘irlik qilayotgani ham bor gap.

Shuni hisobga olib, yangi o‘quv yilidan barcha uchun ta’lim krediti imtiyozli shartlarda 7 yil muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasida, ya’ni joriy yilda 14 foiz stavkada ajratiladi.

Bunga qo‘shimcha ravishda, ta’lim kreditlarini qoplash uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar daromad solig‘idan ham ozod qilinadi.

Bundan tashqari, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning farzandlariga, oliygohdagi o‘qishning birinchi yili uchun, kontraktni byudjetdan to‘lab berish tartibi joriy etiladi, – dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

 

O‘zA