Avval xabar qilinganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumida ishtirok etmoqda.

– O‘tgan 8 oy mobaynida “yoshlar daftari”ga kirgan 430 ming nafar yigit-қизнинг muammolarini hal etish uchun 300 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi;

– “temir daftar”dagi oilalar farzandlari bo‘lgan 2 mingdan ziyod talabalarning kontrakt puli to‘lab berildi;

– bundan buyon har qanday investitsiya loyihasining bosh maqsadi, avvalo yoshlar bandligi masalasini hal etishga qaratilishi kerak. Bu hamma joyda, o‘zgarmas qoidaga aylanishi zarur;

– Yoshlarni ish bilan ta’minlash, zarur kasb-hunarlarga o‘rgatish uchun joylarda hokimlar va sektor rahbarlari mas’ul va javobgardir;

– bu yildan boshlab ish beruvchilarga ularning 25 yoshdan oshmagan ishchi-xodimlari uchun hisoblangan ijtimoiy soliq summasini byudjetdan to‘liq qaytarib berish tartibi joriy qilindi;

– kasb-hunar maktabi va texnikumlar o‘quvchilariga korxonalarda amaliyot o‘tagan davri uchun 6 oy davomida 500 ming so‘mdan subsidiya berish joriy etilgani yoshlar va ularning ota-onalar uchun katta rag‘bat bo‘ldi;

– bundan tashqari, yotoqxona bilan ta’minlanmagan 62 ming nafar talabaga oylik ijara to‘lovining 50 foizini byudjetdan qoplab berish boshlandi;

– bu yilning o‘zida 92 mingdan ziyod o‘g‘il-қизнинг tadbirkorlik loyihalari uchun 2 trillion 300 milliard so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi;

Hududlarda tashkil etilgan 186 ta “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari”dagi 3 mingta loyiha doirasida yoshlarimiz uchun 50 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

 

O‘zA