Prezidentimiz ayni paytda davom etayotgan O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumida yurtimiz yoshlarining ishtimoiy-siyosiy faolligi ortib borayotgani xalqaro miqyosda e’tirofga sazovor bo‘layotganini alohida ta’kidladi.
– So‘nggi yillarda yoshlarimizning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratmoqdamiz.
Xabaringiz bor, yaqinda taniqli siyosatchi, Parlamentlararo Ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong boshliq rasmiy delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Suhbat chog‘ida u kishi bir fikrni afsus bilan ta’kidladi. Ya’ni, sayyoramiz aholisining yarmidan ko‘pini 30 yoshgacha bo‘lgan insonlar tashkil etsa-da, butun dunyo bo‘yicha yosh deputatlarning ulushi 2,6 foizga ham yetmas ekan. Oliy martabali mehmon O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 6 foizdan oshganini yuqori baholadi. Bu katta e’tirof, albatta, – dedi davlatimiz rahbari.
O‘zA