«Real Madrid» o‘z maydonida g‘alaba qozondi

Basketbol bo‘yicha Yevropa ligasining 16-tur uchrashuvlari o‘tkazildi.

Unda Gretsiyaning «Panatinaikos» jamoasi Turkiyaning «Anadolu Efes» klubini o‘z maydonida 90:79 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ispaniyaning «Unikaxa» hamda «Valensiya» o‘rtasidagi o‘yinda mehmonlar 83:85 hisobida zafar quchdi.

Madrid sharida o‘tgan «Real Madrid» va Isroilning «Makkabi T-A» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 93:81 hisobida yakunlangan bo‘lsa, Kataloniyada «Barselona» Rossiya sharafini himoya qilayotgan «SSKA Moskva»ni 85:72 hisobida mag‘lub qildi.

Chempionatda «Fenerbaxche»(Turkiya) va «Baskoniya»(Ispaniya) jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda 79:74 hisobi qayd etildi. «Srvena Zvezda» (Serbiya) azaliy raqibi «Jalgiris» (Litva) ustidan 77:65 hisobida zafar quchdi.

Shuningdek, Gretsiya sharafini himoya qilayotgan «Olimpiakos» Italiyaning «Milan» jamoasini 87:80 hisobida, Rossiyaning «Ximki» klubi Germaniyada «Bamberg»ni 74:70 hisobida yengdi.

 

Javohir Toshxo’jayev, O’zA