O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ibrohim Raisiyni Eron Islom Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi.
Davlatimiz rahbari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik do‘st O‘zbekiston va Eron xalqlarining manfaatlari yo‘lida yanada rivojlanishiga ishonch bildirdi.