Andijon viloyatida o‘rmon fondi yerlarida 46 milliard so‘mlik 31 ta loyiha amalga oshirilib, 350 gektarda pavlovniya va terak, 200 gektarda dorivor o‘simliklar plantatsiyasi tashkil etiladi. Yong‘oqchilar uyushmasi bilan birga viloyatda 500 gektar maydonda yong‘oq mevali bog‘larni barpo qilinadi.
Buning uchun talab qilingan ko‘chatlarni in-vitro usulida tayyorlanib, o‘rmon xo‘jaliklariga yetkazib beriladi.
O‘zA