Joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga 1,5 milliondan ziyod yoshlar hujjat topshirishi kutilmoqda.
bugungi videoselektor yig‘ilishida viloyat hokimlari pandemiya sharoitida hujjatlar qabuli va test jarayonlarini karantin va xavfsizlik talablariga to‘liq amal qilgan holda, yuqori saviyada o‘tkazishga shaxsan mas’ul ekani ta’kidlandi.
Davlat test markazi (M.Karimov), Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vazirligi (Sh.Sodiqov), Adliya vazirligiga (R.Davletov) besh kun muddatda aholidan hujjatlarni onlayn qabul qilishni boshlash bo‘yicha topshiriq berildi.
Bosh vazir A.Aripovga ikki hafta muddatda qo‘shimcha davlat granti asosidagi (imtiyozli) qabul parametrlarini tasdiqlash vazifasi qo‘yildi.
Joriy yilda 9 ta yangi oliygoh tashkil etiladi. Shuningdek, ilk bor 9 ta nodavlat oliygohda 22 ta yo‘nalishda talabalarni o‘qitish uchun 500 ta davlat granti ajratiladi.
Mutasaddilarga kelgusi yilda xususiy oliygohlarga davlat buyurtmalarini kamida 2-3 baravar ko‘paytirish bo‘yicha taklif kiritish yuzasidan ko‘rsatma berildi.
O‘zA