bugungi videoselektor yig‘ilishida oliy o‘quv yurtlaridagi 1,5 mingta kafedraning tarmoq korxonalari bilan samarali hamkorligini yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.

Bunda, hamkorlikning shakllari, kafedra va korxonaning o‘zaro majburiyatlari, ya’ni amaliyotdagi qanday muammolar ilm orqali hal qilinishi aniq belgilanadi.

Tarmoqlar bilan ishlamaydigan kafedralar yopiladi.

Prezidentimiz viloyat hokimlari tarmoq rahbarlari bilan birga, kafedra o‘qituvchilarining korxonalarda amaliy tadqiqotlar o‘tkazishiga sharoit yaratib berishi kerakligini qayd etdi.

Yig‘ilishda tarmoq korxonalari bilan hamkorlikni yaxshi yo‘lga qo‘ygan kafedralar haqida ham aytildi. Misol uchun, Toshkent kimyo-texnologiya institutining Silikat materiallar, nodir metallar kimyoviy texnologiyasi kafedrasi «Foton» korxonasi bilan, Toshkent farmatsevtika institutining Farmatsevtik kimyo kafedrasi «Temur med farm» korxonasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

 

O‘zA