Rag‘bat g‘alabaga undaydi

Mamlakatimizda sportni ommalashtirishga qaratilayotgan ulkan e’tibor yoshlarimizning nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritishida muhim omil bo‘lmoqda. Xususan, nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘rtasida ham sportda yuksak marralarni ko‘zlayotgan yigit-qizlar ko‘p.

Xorazmlik Roza Qo‘ziyeva ana shunday sportchilardan. Bolaligidan og‘ir atletika bilan muntazam shug‘ullanib kelayotgan Roza yaqinda pauerlifting bo‘yicha Meksikada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritdi. Muhammad Abduraimov esa Dubay shahrida yoshlar o‘rtasida kechgan Para-Osiyo o‘yinlarida suzish bo‘yicha ikkita oltin medalga sazovor bo‘ldi.

– Murabbiylarimiz mahorati va albatta, davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan ulkan g‘amxo‘rlik g‘alabaga erishishimizda katta madad bo‘lmoqda, – deydi M. Abduraimov.

 

Shonazar Qoriyev (surat), O‘zA