Aholi salomatligini saqlash, mamlakatda epidemiologik vaziyat keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida yurtimizda 9 may — Xotira va qadrlash bayrami bilan bog‘liq ommaviy tadbirlarni faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 apreldagi PQ–5081-son qarori bilan tasdiqlangan 9 may — Xotira va qadrlash kuni, umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish dasturi doirasida karantin talablariga qat’iy rioya etgan holda amalga oshirish zarur.
Bunda yuqoridagi dasturda nazarda tutilmagan boshqa har qanday ommaviy tadbirlarni o‘tkazish taqiqlanadi.
Ushbu karantin chekloviga rioya etilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy hokimliklar, Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan nazorat qilinadi.