Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida “Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz!” shiori ostida yoshlar o‘rtasida 2000 metr masofaga kross yugurish bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Tuman hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan musobaqada 200 dan ziyod sportsevar ishtirok etdi.
Qizlar o‘rtasida M. Orazimbetova musobaqa g‘olibi bo‘ldi. M. Nurgabullayeva ikkinchi, A. Jumamuratova uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida A. Jumamuratov marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. M. Biysenboyev ikkinchi, N. Tagabergenov uchinchi o‘rinni egalladi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA