Davlatimiz rahbarining Samarqand viloyati faollari bilan yig‘ilish davom etmoqda.
Davlatimiz rahbari Samarqand shahrini 1 million aholi yashaydigan yirik shaharga aylantirish uchun Samarqand, Pastdarg‘om, Tayloq va Oqdaryo tumanlari hududidan yer maydonini qo‘shib berish hamda viloyat ma’muriy markazini Gulobodga ko‘chirish bo‘yicha Samarqand faollarining takliflarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Joriy yil yakuniga qadar shaharning bosh reja loyihasi ishlab chiqilishi bo‘yicha topshiriq berildi.
Odamlarga yashash uchun qulay, turistlarga maqbul shahar qilish shart. Shahar kengaygandan keyin mahallalar ko‘payadi, infratuzilma shakllantirish zarur. Boshqaruv tizimini yaxshilash uchun Samarqand shahrida keyinchalik bosqichma bosqich beshta – So‘g‘diyona, Siyob, Bog‘ishamol, Maroqand va Qorasuv kabi yangi tumanlar tashkil etiladi.