Davlatimiz rahbari Samarqandga safari chog‘ida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi.

Marhumninghaqiga Qur’on tilovat etildi.

O‘tganlarni yaxshi amallari bilan eslash, ruhlarini shod etish muqaddas qadriyatlarimizdandir. Ulamolar bilan suhbatda Islom Karimovning ana shunday insoniy fazilatlari yodga olindi.

– Islom aka kamtar inson edilar. Bu maqbara ham o‘zlariga munosib bo‘lgan. Bu yerga mehr berganmiz. Birinchi Prezidentimiz boshlagan ishlarni davom ettirayapmiz. Ruhlari shod bo‘lsin, ilohim, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Allohdan yurtimizga tinchlik-farovonlik, xalqimizga salomatlik tilab duo qilindi.