O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi chog‘ida Bishkek shahrida imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati o‘rtasida Soliq qonunchiligiga rioya etish masalalari bo‘yicha hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida”gi bitim 2017-yil 26-dekabrda kuchga kirdi.

Mazkur hujjat soliq masalalarida hamkorlik qilish va o‘zaro yordam berish hamda tajriba va axborot almashishning samarali mexanizmlarini kengaytirish uchun huquqiy asos yaratishga hamda ikki davlatda soliq qonunchiligi buzilishining oldini olish, aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan.

Ushbu Bitim doirasida hamkorlik tomonlar davlatlarining soliq idoralari orqali bir-birlariga yordam berish to‘g‘risida so‘rov jo‘natish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

 

O‘zA