Poytaxtimizda Prezidentimiz raisligida joriy yilda uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

– Biz bugungi kunga qadar bunaqa hajmdagi qurilish dasturini amalga oshirmaganmiz, -dedi davlatimiz rahbari.

– Shuning uchun, har bir viloyat hokimi uy-joy masalasida shaxsan o‘zi ichiga kirib, aniq hisob-kitobga ega bo‘lishi kerak. Eng katta masala – bu uy-joylarning narxini adolatli shakllantirish. bugungi narx-navodan odamlarimiz rozi emas va hokimlar buni ichiga kirmagani ham, rost.

Yig‘ilishda viloyat va tuman hokimlari bir kvadrat metr uy narxini 4 million so‘mdan oshirmaslik uchun barcha zarur choralarni ko‘rish vazifasi topshirildi.

Bunda, har bir tuman, shahar va viloyat hokimi o‘z hududida qurilish tannarxini ichiga kirib, qaysi qurilish materiallarini arzonroq va yaqinroqdan olish mumkin, sement va metall narxini qanday pasaytirsa bo‘ladi, degan savollarning javobini topishi kerak, dedi Prezident.