Bugun bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida “Pfizer” kompaniyasi tomonidan Belgiyadagi vaksina ishlab chiqaruvchi korxonada uzilish yuzaga kelayotgani ma’lum qilindi. Ushbu xabar ba’zi kanadalik rahbarlarda umidsizlik kayfiyatini uyg‘otyapti.

Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo aholiga bir necha hafta ichida vaksina yetkazib berilishi, har bir fuqaro emlanishini ta’kidlagan.

Binobarin, Kanadaga vaksina yetkazib berish muddati bo‘yicha belgilangan jadvalga o‘zgartirish kiritiladigan bo‘lsa, kompaniya ko‘pgina hududlar rahbarlarining noroziligiga uchrashi tayin.

Anjumanda mamlakat har bir fuqaro hayoti uchun mas’ul ekani va shu bilan birga, bolalarga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

O‘zA