Hozirgina Ispaniya poytaxti Madrid shahri markazidagi “Toledo” ko‘chasida kuchli portlash sodir bo‘ldi, deb ma’lum qildi diario.es nashri.

Xabarda aytilishicha, turar joy binosi vayron bo‘lgan. Hodisa texnik sababga ko‘ra yuz bergan bo‘lishi mumkin. Ya’ni, hozircha baxtsiz voqeaga gaz bilan bog‘liq nosozlik sabab qilib ko‘rsatilyapti.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan suratlarga qaraganda, binoning bir qismi o‘pirilib tushgan. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, 6 kishi jabrlangani aytilgan.

O‘zA