Hindistonning Gujarat shtatida yo‘l yoqasida uxlayotgan kamida 15 kishi yuk mashinasi g‘ildiraklari ostida qolib halok bo‘ldi, deb xabar beradi NDTV telekanali.
Halok bo‘lganlarning barchasi Rajastan shtatidan kelgan ishchilar edi. Politsiyaning aniqlik kiritishicha, 12 kishi falokat yuz bergan joyning o‘zida halok bo‘lgan, kamida sakkiz kishi kasalxonaga yetkazilgan. Yana uch kishi shifokorlar yordam berayotgan chog‘da hayotdan ko‘z yumgan.
Taxmin qilinishicha, xodisa haydovchi yuk mashinasini boshqara olmay qolgani sababli yuz bergan.
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.