Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi onkoxirurg shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi Xurshidjon Abdukarimov Qoraqalpog‘istonga bordi.

Onkoxirurg markazning Qoraqalpog‘iston filialida bir guruh bemorlarni mahalliy shifokorlar yordamida muvaffaqiyatli operatsiya qildi.

Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.

Xirurgik amaliyotlar davomida X.Abdukarimov mahalliy shifokorlar bilan o‘z tajribasini o‘rtoqlashdi va filial mutaxassislari bilan birgalikda onkologiyaning muhim masalalari to‘g‘risida suhbat o‘tkazdi.

O‘zA