Poytaxtimizda joylashgan “Universal” sport saroyida taekvondo WT bo‘yicha XV “Dr.Baek Mun Jong cup international open” chempionati boshlandi.

An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan ushbu musobaqada hamyurtlarimizdan tashqari Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan kelgan 800 nafar taekvondochilar kyorugi va pumse yo‘nalishlari bo‘yicha turli yosh toifalarida bosh sovrin uchun raqobatlashmoqda.

– Ushbu musobaqa taekvondochilarimizga o‘z tajribasini oshirish imkonini beradi, – deydi IIV «JAR» sport-sog‘lomlashtirish kompleksi taekvondo WT murabbiysi Obidjon Abdurahmonov. – Musobaqada Asadbek Samandarov, Abdulqodir Abdullayev, Kamronbek Abduqodirov, Afruza Sattorova, Janona Bahriddinova, E’zozaxon Rahmonova, Habiba Olimjonova kabi shogirdlarimdan umidim katta. Mazkur musobaqaga shogirdlarim bilan jiddiy tayyorlandik. Umid qilamanki, shogirdlarim musobaqada sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritadi va terma jamoamiz muvaffaqiyatiga o‘z hissalarini qo‘shadi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqa 24 may kuniga qadar davom etadi.

 

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA