O‘zbekiston Markaziy banki matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, o‘tgan yilda yurtimizga kirib kelgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 6,03 milliard dollarni tashkil etgan. Bu 2019 yilga nisbatan 17 million dollarga yoki 0,3 foizga ko‘p demakdir.
Shuningdek, chet elga yuborilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari miqdori 1,20 milliard dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 157 million dollarga yoki 15 foizga oshgan.
Mazkur hisob-kitoblar natijasida xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo 4,83 milliard dollarga yetgani ma’lum bo‘lmoqda.