Indoneziyaning Sulavesi orolida yer qimirlashi oqibatida halok bo‘lgani aniqlanganlar ayni paytgacha 96 nafarni tashkil etdi, deb yozadi “Detik” yangiliklar portali. Bundan avvalgi xabarda qurbonlar soni 76 kishi ekani yozilgandi.
G‘arbiy Sulavesi viloyati hukumati yer qimirlashdan keyin mintaqada favqulodda holat e’lon qildi. Tabiiy ofatlarga qarshi kurash boshqarmasi rahbari Doni Monardoning bayonot berishicha, favqulodda holat yaqin bir-ikki haftadan keyin bekor qilinishi mumkin.
O‘tgan hafta juma kuni tunda G‘arbiy Mamuju shahri yaqinida 6,2 balli zilzila yuz berdi. Natijada 15 ming kishi zudlik bilan uyini tark etishga majbur bo‘ldi.
Mamlakat prezidenti Joko Vidodo tabiiy ofat qurbonlari oilalariga hamdardlik bildirib, mahalliy hukumatga zilzila oqibatlarini bartaraf qilish uchun tezkorlik bilan chora ko‘rishni buyurdi.