Kecha ijtimoiy tarmoqlarda ayol kishi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisining qo‘liga urayotgani tasvirlangan videolavha tarqaldi. Mazkur holat Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi 13-maktabgacha ta’lim muassasasida tasvirga olingani aytilgandi.
Bulung‘ur tuman hokimligi axborot xizmati videolavhadagi holat bo‘yicha tuman hokimligi hamda viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi tomonidan dastlabki o‘rganish olib borilganda tasvirlarga haqiqatdan ham tumandagi 13-bog‘chada bo‘lganini ma’lum qildi. Shuningdek, holat 18 yanvar kuni joyida batafsil o‘rganilib, qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytilgandi.
Bugun esa Samarqand viloyati prokuraturasi axborot xizmati Bulung‘urdagi MTMda sodir bo‘lgan holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borayotganini xabar qildi.