“Facebook” AQSHning saylangan prezidenti Jo Baydenning inauguratsiyasi vaqtida harbiy aslahalar va himoya vositalari reklama qilinishini taqiqladi.
Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytida ma’lumot tarqatilgan.
Ta’kidlanishicha, reklamasi vaqtinchalik to‘xtatilgan narsalar sirasiga bronejilet, g‘iloflar va qurollar saqlanuvchi seyflar kiradi.
“Facebook” ma’muriyatining ma’lum qilishicha, cheklov Baydenning AQSH prezidenti vazifasini bajarishga kirishadigan kun arafasida joriy qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Jo Baydenning inauguratsiyasi 20 yanvarga belgilangan.