Fransiya hukumati Xitoyga nisbatan cheklovlar joriy qilish siyosati yo‘lidan bormoqchi emas.
Beshinchi respublika tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian “Le Journal du Dimanche” ga bergan intervyusida “Xitoy bilan siyosatda cheklov ustiga-cheklov mantig‘iga amal qilmaymiz”, deb ta’kidlagan.
Uningcha, Yevropa mamlakatlari Xitoyga “hamkor, raqobatchi va tizim bo‘yicha raqib” sifatida qaraydi.
Avvalroq Xitoyning Fransiyadagi elchisi Lu Shaye 2020 yilning mushkul sharoitida xitoy-fransuz munosabatida ijobiy holatlar qayd etilganini ta’kidlagandi.