Buyuk Britaniya shu yilning 11-13 iyun kunlarida “Katta yettilik” (G7) sammiti davlat rahbarlarining ishtiroki bilan o‘tkazilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.
“Deutsche Welle”da qayd etilishicha, Britaniya bosh vaziri Boris Jonson bayonotida keyingi taxminan ikki yilda davlat rahbarlari ilk marta yuzma-yuz muloqot qilishini eslatgan.
Mazkur sammit Angliya janubi-g‘arbidagi Kornuolle hududidagi Karbis Bey shaharchasida o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda.
Bu vaqtga kelib AQSH prezidentligiga kirishganiga yarim yil bo‘luvchi Jo Bayden sammitda ilk marta qatnashsa, Germaniya kansleri Merkelning bunday forumdagi oxirgi ishtiroki bo‘ladi.