Kembrij universiteti olimlari xulosasiga ko‘ra, London shahri aholisining 30 foizi koronavirusga chalingan.

Bu mamlakat bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich, demoqda ular.

“London shahri hamda mamlakatning shimoli-g‘arbiy va shimoli-sharqiy qismi koronavirusdan eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlar hisoblanmoqda. Mamlakatning janubi-g‘arbiy qismida eng past ko‘rsatkich qayd etilgan. Bu yerda aholining sakkiz foizi virus yuqtirgan, deyiladi universitetning COVID-19 bilan bog‘liq biostatistikani o‘rganish bo‘yicha guruhi e’lon qilgan ma’ruzada.

Olimlar taxminicha, Londonda kasallanganlar 36 foizga ham chiqqan bo‘lishi mumkin. Agar shunday bo‘lsa, Britaniya poytaxti aholisining har uchinchisi virusga chalingan bo‘lib chiqadi.

Hozir Londonda koronavirus tarqalish sur’ati bir oz susaygani aytilmoqda. Kembrij universiteti mutaxassislarining ta’kidlashicha, so‘nggi paytda mamlakat bo‘ylab epidemiya tarqalishi pasaya boshlagan.

O‘zA