Oxirgi sutka ichida 749 320 yangi kasallanish holati qayd etilib, 15 361 bemor vafot etdi.
Joriy yilning 15 yanvarigacha dunyoning 218 davlatida jami 93 533 715 holatda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. 66 813 279 kishi ushbu xastalikdan sog‘aygan, 2 002 407 odam vafot etgan, 111 793 (0,5 foiz) nafar bemor og‘ir ahvolda qolmoqda.
Virus aniqlanishi miqdori bo‘yicha AQSH hamon yetakchi. Bu mamlakatda JSST ma’lumotiga ko‘ra, 23 848 410 fuqaro koronavirusga uchragani ro‘yxatga olingan. Bu borada ikkinchi o‘rinni Hindiston (10 528 508), uchinchi o‘rinni Braziliya (8 326 115), to‘rtinchi o‘rinni Rossiya (3 495 816), beshinchi o‘rinni Buyuk Britaniya (3 260 258) band etgan. Fransiyada 2 851 670, Turkiyada esa 2 364 801 holat qayd etilgan.
Bu raqam qo‘shni davlatlar – Qozog‘iston Respublikasida 165 311, Qirg‘iziston Respublikasida 82 723, Afg‘onistonda 53 831 va Tojikistonda 13 308 ni tashkil etgan.
O‘zbekiston Respublikasida 15 yanvar holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 77 894 nafarga yetib, ulardan 76 335 yurtdoshimiz (98,0 foiz) sog‘ayib chiqqan, 619 nafar bemor (0,8 foiz) vafot etgan.
So‘nggi ma’lumotga muvofiq, dunyoning bir necha mamlakati, jumladan, Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Islandiya, Avstraliya, Niderlandiya, Germaniya, Gretsiya, Kipr, Shveysariya, Shvetsiya, Slovakiya, Turkiya, Tailand, Singapur, AQSHning ayrim shtatlari, Kanada, Xitoy, Vetnam va Janubiy Afrika Respublikasida yangi turdagi koronavirus shtammi tarqalgani rasman tasdiqlangan.
Kasallik yangi turining tez tarqalishi kuzatilmoqda.
Koronavirusning mutatsiyaga uchrashiga odamlar o‘rtasida kontakt yetarlicha cheklanmayotgani, ko‘pchilik karantin qoidalariga rioya qilmay qo‘ygani sabab bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti axborotiga qaraganda, mutatsiyaga uchragan koronavirus infeksiyasi yangi turining yuqumlilik darajasi yuqori. Kasallik 19 yoshgacha bo‘lganlar orasida, shu jumladan, yosh bolalarda ham qayd etilishi ta’kidlangan.
Mutatsiyaga uchragan koronavirusning yangi turi qayd etilgan mamlakatlarda infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida karantin tadbirlari yanada kuchaytirilgan. Masalan, niqob taqish, ijtimoiy masofa saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish tavsiya etilgan. Maktablar masofadan turib o‘qitish rejimiga o‘tkazilgan. Ommaviy tadbirlar, jumladan, sport musobaqalari (tomashabinsiz futbol o‘yinlaridan tashqari) o‘tkazilishi taqiqlangan.
Shuningdek, Fransiya Buyuk Britaniya bilan chegarani ochmaslikka qaror qilgan, restoranlarning yanvar oyi davomida ishlashi taqiqlangan.
Latviya 25 yanvarga qadar dam olish kunlari uchun komendantlik soati joriy etgan, Marokash favqulodda sanitariya rejimini 10 fevralga qadar uzaytirgan, Yaponiya poytaxtida favqulodda holat e’lon qilingan.
Ushbu davlatlarda fuqarolarning chet mamlakatlarga chiqishi cheklangan.
O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi bayoni asosida Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya, Germaniya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari bilan 2020 yil 21 dekabrdan joriy yil 10 yanvarga qadar halqaro avia qatnovlar, kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali respublikaga kirish to‘xtatilgan.
2020 yil 25 dekabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasiga havo, temir yo‘l transporti hamda chegara punktlari orqali tashrif buyurayotgan barcha shaxslardan o‘z hisobidan aeroport, temir yo‘l vokzali yoxud chegara punkti hududida koronavirus infeksiyasi antigenini aniqlash ekspress testi olinishi joriy etilgan.
Davlat chegara punktlari orqali 2020 yil 25 dekabrdan shu kungacha respublika hududiga 109 179 shaxs kirib kelgan, ularning 79 478 nafari (72,8 foiz)da koronavirus infeksiyasi antigenini aniqlash maqsadida ekspress testi o‘tkazilgan va tekshiruv asosida 62 kishi (0,08 foiz)da musbat natija aniqlangan.
Musbat natija qayd etgan fuqarolar hududiy koronavirus infeksiyasini davolashga ixtisoslashgan maxsus муассасаларга davolanish uchun yo‘naltirilgan.
COVID-19 “britaniya” shtammi bilan kasallangan bolalarda kuzatilayotgan beshta alomat aniqlandi.
Buyuk Britaniyada aniqlangan va yuqumliligi jihatidan kuchliroq ekani aytilgan COVID-19 yangi shtammi bolalarda biroz boshqacha alomatlar bilan kechayotgani aniqlandi. Bu ZOE Symptom Tracker ilovasi yordamida olib borilgan tadqiqot tufayli ma’lum bo‘ldi.
Sog‘liqni saqlash bo‘yicha mutaxassislar fikriga ko‘ra, kasal bolalarning aksariyati charchoqdan aziyat chekadi. Infeksiya yuqtirgan chaqaloqlarda tez-tez yig‘lash holati uchraydi.
Xasta bolalarning yarmidan ko‘pi (53 foizi) bosh og‘rig‘idaн aziyat chekadi. Shu bilan birga, ularda qorin og‘rig‘i ham kuzatilmoqda. Shuning uchun shifokorlar ota-onalarga qorin bo‘shlig‘idagi noqulaylik bilan bir vaqtda paydo bo‘ladigan bosh og‘rig‘i bor-yo‘qligini bolalaridan so‘rab turishlarini maslahat berishmoqda.
Yana bir alomat – 37 darajadan yuqori isitma. Ayni belgi koronavirusning “britancha” shtammi bilan og‘rigan bolalarning, deyarli, yarmida uchradi.
Shuningdek, ZOE Symptom Tracker ilovasi betob bolalarning 38 foizi tomoq og‘rig‘idaн shikoyat qilishganini aniqladi. Bu alomat, odatda, virusli infeksiya belgisi hisoblanadi. Tomoqdagi og‘riq shamollash, gripp yoki COVID-19 belgisi bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari kasallanganlarning, taxminan, 35 foizi ishtaha йўқolganиni aytgan. Mutaxassislar fikricha, ko‘pincha bir yoshga to‘lmagan chaqaloqlar shu holatga duchor bo‘lishadi. Demak, ota-onalardan bolalarini taomni kichik bo‘laklarga bo‘lib, kam miqdorda, ammo tez-tez ovqatlantirishlari talab etiladi.
Mamlakatimiz hududida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashni davom ettirish va mutatsiyaga uchragan koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur deb hisoblaymiz:
- Barcha joylarda niqob taqish, ijtimoiy masofa saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish, qo‘llarni antiseptik bilan zararsizlantirish tadbirlarini kuchaytirish;
- Zarurat bo‘lmaganda chet mamlakatlarga chiqishni cheklash;
- Ommaviy va boshqa turli yig‘inlar tashkil etishni cheklash;
- O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan karantin davridagi cheklov choralariga qat’iy rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish, aniqlangan qoidabuzarliklarga nisbatan keskin chora ko‘rilishini davom ettirish;
- Koronavirus infeksiyasi chetdan kirib kelishi holatlarini, xususan, mutatsiyaga uchragan koronavirus infeksiyasini erta aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga havo, temir yo‘l transporti hamda chegara punktlari orqali tashrif buyurayotgan barcha shaxslardan aeroport, temir yo‘l vokzali yoxud chegara punkti hududida koronavirus infeksiyasi antigenini aniqlash ekspress testi olinishini davom ettirish;
- Test o‘tkazish davomida koronavirus infeksiyasi, shu jumladan, mutatsiyaga uchragan koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganligi tasdiqlangan shaxslarni maxsus ajratilgan koronavirus infeksiyasini davolash yuqumli kasalliklar shifoxonalarida davolash;
- Mutatsiyaga uchragan koronavirus infeksiyasi kasalligi qayd etilgan davlatlarni “qizil” hudud sifatida belgilash hamda ushbu hududlar bilan avia yo‘nalishdagi qatnovlarni to‘xtatish yuzasidan qabul qilingan taqiq muddatini 31 yanvarga qadar uzaytirish;
- Mutatsiyaga uchragan koronavirus infeksiyasining yangi shtammi bolalar o‘rtasida tarqalish xavfi yuqoriligini e’tiborga olgan holda, maktabgacha tarbiya tashkilotlari, maktablar, kollejlar, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida mashg‘ulotlarni “gibrid” (onlayn+oflayn) tarzda olib borilishini davom ettirish.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik
va jamoat salomatligi xizmatining
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi